Vashington Ukrainaga qiruvchi samolyotlar yetkazib berish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda AQSH mudofaa vazirining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Kolin Kol maʼlum qildi.
"Qiruvchi samolyotlar yetkazib berish ko‘rib chiqilmoqda, ammo bu bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan", — degan amaldor.
Uning qo‘shimcha qilishicha, hozirda Vashington Kiyevning o‘zida mavjud bo‘lgan samolyotlar orqali nizoga taʼsir qilishga eʼtibor bermoqda.
"Agar biz hozir Ukrainaga to‘rtinchi avlod samolyotlarini yetkazib bergan taqdirimizda ham u bir necha yilda yetib boradi. Shu sababli mavjud sharoitlarda ularga zarur ko‘makni berishga harakat qilyapmiz", — deb qo‘shimcha qilgan Kol.
Avvalroq NATO bosh kotibi Ukrainaga qancha bo‘lsa, shuncha payt yordam berishni vaʼda qilgandi.


