AQSH Ukraina politsiyasi va chegarachilari uchun zirhli mashinalar, jihozlar, tibbiy buyumlar xarid qilish uchun yana 100 million dollar ajratadi. Bu haqda Davlat kotibi Entoni Blinken ma’lum qildi.
“Qo‘shimcha pul Ukraina chegara xizmatlari va politsiyasi uchun himoya vositalari, dala jihozlari, taktik jihozlar, dori-darmonlar, aloqa vositalarini yetkazib berishni davom ettirish imkonini beradi”, — deyiladi Blinken bayonotida.
Qayd etilishicha, ushbu yordam “Ukraina Ichki ishlar vazirligiga zarur chegara xavfsizligini ta’minlash, huquqni muhofaza qilish funksiyalarini bajarish va muhim infratuzilmani himoya qilish uchun ko‘proq imkoniyatlar beradi”.


