Braziliya prezidenti Luiz Inatsiu Lula da Silva AQSHni Ukrainaga harbiy yordam berishni to‘xtatishga chaqirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH urushni rag‘batlantirishni to‘xtatib, tinchlik haqida gapira boshlashi kerak. Shuningdek, Braziliya rahbari bu gap Yevropa Ittifoqiga ham tegishli ekanini aytdi.
“Shu tariqa xalqaro hamjamiyat Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiyni tinchlik butun dunyo manfaatlariga mos keladi deb ishontira oladi”, — dedi Lula.
Avvalroq Lula da Silva urushni tugatish uchun Qrimni Rossiyaga berishni taklif qilgandi. Bunga javoban Ukraina TIV Braziliya prezidentining Rossiya agressiyasini to‘xtatish bo‘yicha yechim topish borasidagi saʼy-harakatlarini qadrlashini, biroq u o‘z hududlari bilan savdo qilmayotganini eslatishga majbur ekanligini bildirdi.


