1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSh ukrainalik uchuvchilarni F-16 qiruvchi samolyotlarini boshqarishiga ruxsat berdi

Bayden boshqa davlatlarga ukrainalik uchuvchilarni Amerika F-16 qiruvchi samolyotlarini boshqarishga o‘rgatishlariga ruxsat berdi.

AQSh ukrainalik uchuvchilarni F-16 qiruvchi samolyotlarini boshqarishiga ruxsat berdi

 

AQSH prezidenti Jo Bayden boshqa davlatlar vakillariga ukrainalik uchuvchilarni Amerika F-16 qiruvchi samolyotlarini boshqarishga o‘rgatishlariga ruxsat berdi. Bu haqda Pentagon matbuot kotibi o‘rinbosari Sabrina Singx matbuot brifingida maʼlum qildi.

 

"Prezident mashg‘ulotlarga ruxsat berish va uni qo‘llab-quvvatlash uchun yashil chiroq yoqdi", — dedi AQSH Mudofaa vazirligi vakili. 

 

Rasmiy boshqa maʼlumot bermadi, lekin Daniya va Gollandiya ukrainalik uchuvchilarni tayyorlashda yetakchi rol o‘ynashini taʼkidladi.

 

Ma'lumot uchun, 2023-yil boshidan beri Ukraina hukumati G‘arb davlatlaridan Ukrainaga zamonaviy qiruvchi samolyotlar, jumladan, Amerika F-16 samolyotlari yetkazib berishni boshlashni faol so‘ramoqda. Iyul oyida AQSH Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi  Ukraina samolyotni yil oxirigacha olishi mumkinligini aytgan edi .

 

Shuningdek, iyul oyida Daniya va Niderlandiya boshchiligidagi 11 davlatdan iborat koalitsiya ukrainalik uchuvchilarni F-16 samolyotlarida uchishini o‘qitishni boshlashga tayyorligini, biroq AQSHning rasmiy ruxsatisiz buni amalga oshira olmasligini xabar qilgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика