1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSh Ukrainani tiklash uchun 800 milliard dollar ajratmoqchi

Mamlakatni qayta tiklashga kreditlar, grantlar va xususiy investitsiyalar jalb etilishi rejalashtirilmoqda.

AQSh Ukrainani tiklash uchun 800 milliard dollar ajratmoqchi

 

AQSh va Ukraina Ukrainani qayta tiklash bo‘yicha qiymati 800 milliard dollarni tashkil etuvchi yirik kelishuvni imzolashi mumkin. Bu haqda The Telegraph nashri o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, mazkur bitim 19–23-yanvar kunlari Shveysariyaning Davos shahrida bo‘lib o‘tadigan Jahon iqtisodiy forumida imzolanishi rejalashtirilgan. Forum doirasida AQSh prezidenti Donald Tramp va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning uchrashuvi ham kutilmoqda.

 

Avvalroq Zelenskiy ushbu kelishuvni, jumladan xavfsizlik masalalarini Oq uyda muhokama qilishni rejalashtirgan edi. Biroq Yevropa davlatlari yetakchilari uchrashuvni Davosdagi xalqaro forum doirasida o‘tkazishni taklif qilgan.

 

Rejaga ko‘ra, keyingi 10 yil davomida kreditlar, grantlar va xususiy investitsiyalar hisobidan taxminan 800 milliard dollar mablag‘ jalb etilishi ko‘zda tutilgan.

 

Ukraina rasmiylari AQShning mamlakat iqtisodiy tiklanishida faol ishtiroki Vashington tomonidan xavfsizlik kafolatlari taqdim etilish ehtimolini oshirishiga umid qilmoqda.

 

Xabarlarga ko‘ra, dunyodagi eng yirik investitsiya kompaniyalaridan biri — BlackRock ham ushbu dasturda ishtirok etishi mumkin. Kelishuvning aniq shartlari hozircha oshkor etilmagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика