1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSh va Armaniston atom energetikasi bo‘yicha kelishuvga erishdi

Tomonlar yadro texnologiyalari eksportini tartibga soluvchi 123-sonli kelishuv bo‘yicha muzokaralarni yakunladi.

AQSh va Armaniston atom energetikasi bo‘yicha kelishuvga erishdi

 

Qo‘shma Shtatlar va Armaniston atom energetikasi sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Hamkorlik hujjati Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan hamda AQSh vitse-prezidenti J.D . Vens ishtirokida imzolandi. Bu haqda DW.com nashri xabar berdi.

 

Tomonlar AQShning yadro texnologiyalari va uskunalarini boshqa davlatlarga qonuniy eksport qilishni tartibga soluvchi 123-sonli kelishuv bo‘yicha muzokaralar yakunlanganini ma’lum qildi. Mazkur hujjat yadro energetikasi sohasida yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun huquqiy asos yaratadi.

 

Armaniston hozirda mavjud atom elektr stansiyasini yangilash yoki yangi reaktor qurish bo‘yicha AQSh, Rossiya, Xitoy, Fransiya va Janubiy Koreya kompaniyalarining takliflarini ko‘rib chiqmoqda. Yakuniy qaror hali qabul qilinmagan bo‘lsa-da, yangi kelishuv Amerika loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirishi mumkin.

 

AQSh tomoni Armaniston yadroviy energetika sektorini rivojlantirishga yirik miqdorda investitsiya kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Dastlabki eksport hajmi 5 milliard dollargacha yetishi, yoqilg‘i yetkazib berish va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha uzoq muddatli hamkorlik esa qo‘shimcha milliardlab dollarlik loyihalarni o‘z ichiga olishi mumkin.

 

AQSh kichik modulli reaktorlar texnologiyasini yetkazib berish imkoniyatlari ham muhokama qilinmoqda. Tomonlar bu hamkorlik yangi ish o‘rinlari yaratish hamda Armaniston energetika xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика