Strategik barqarorlik, kiberxavfsizlik, Ukraina, Afg‘oniston, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqdagi vaziyat muzokaralarning asosiy mavzusiga aylanishi kutilmoqda.
Vladimir Putin va Jozef Bayden o‘rtasidagi so‘nggi uchrashuv shu yilning iyul oyida Jenevada bo‘lib o‘tgan edi. Unda tomonlar bir qator dolzarb masalalarni muhokama qildi, strategik barqarorlik yuzasidan muhim kadamlar tashlandi.
Shuningdek, Jeneva uchrashuvidan keyin ikki mamlakat TIV va Mudofaa vazirliklari doirasida muzokralar tashkil etildi.
Qayd etish lozimki, bu Putin va Baydenning AQSH qo‘shinlari Afg‘onistonni tark etganidan keyingi ilk uchrashuvi bo‘ladi. Unda Afg‘oniston mavzusi asosiy masalalardan biriga aylanishi kutilmoqda.
Jahongir Qo‘ziyev


