1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSH va Rossiya yashirin muzokara olib boryaptimi ?

Uchrashuv joyi Anqara ekanligi aytilmoqda.

AQSH va Rossiya yashirin muzokara olib boryaptimi ?

 

Xorijiy OAVning bergan maʼlumotlariga ko‘ra, Rossiya va AQSH vakillari Anqarada sahna ortida muzokaralar o‘tkazmoqda

 

 Unda RF tomonidan Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin ishtirok etmoqda. Tafsilotlar oshkor qilinmagan.

 

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga muzokaralar haqidagi maʼlumotni “tasdiqlay olmasligini ham, rad eta olmasligini ham” aytdi.

 

Moskva va Vashington oxirgi marta shu yilning 10 yanvarida rasman uchrashib, xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazgandi. Uchrashuv amaliy natija bermagan.

 

Ayni paytda Rossiya va Ukraina diplomatlari ikki davlat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borish mumkin bo‘lgan shartlar haqida yangi bayonotlar bermoqda.

 

Xususan, Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Grushko  ruc qo‘shinlarining Ekrainadan olib chiqib ketilishi Moskva uchun muzokaralarni boshlashning dastlabki sharti sifatida qabul qilinishi mumkin emasligini aytdi.

 

12 noyabr kuni prezident Zelenskiy ofisi rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak yana bir bor Rossiya qo‘shinlarining Ukraina chegaralaridan olib chiqib ketilishi suhbatni boshlash sharti ekanligini aytgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика