AQSH va Ukraina o‘rtasida Rossiyaning ehtimoliy hujumi borasida taranglik kuzatilmoqda. Bu haqda CNN xabar berdi.
Telekanalning Oq uydagi manbalarining taʼkidlashicha, Jozef Bayden va uning yordamchilari Kiyevning Rossiya bosqini xavfini kamaytirayotgani hamda berilayotgan yordamga yetarlicha “minnatdor” bo‘lmayotganidan norozi.
Ukraina prezidenti maslahatchilaridan biri Vashington vaziyatga o‘ta keskin munosabat bildirayotganini maʼlum qilgan. Bu esa vahimalarga sabab bo‘lyapti. Shuningdek, Ukraina iqtisodiyotida beqarorlik vujudga keltiryapti. Bundan tashqari, Kiyev Rossiyaga qarshi oldindan sanksiyalar kiritilmayotganidan mamnun emas.
Maʼlumot o‘rnida: So‘nggi oylarda G‘arb Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi mumkinligini aytib kelmoqda. O‘z navbatida, Moskva bu kabi ayblovlarni rad etyapti.


