1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSH va Xitoy rahbarlari telefon orqali suhbatlashdi

Yetakchilar Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilishdi.

AQSH va Xitoy rahbarlari telefon orqali suhbatlashdi


AQSH prezidenti Jo Bayden va Xitoy rahbari Si Szinpin telefon orqali muloqot qilib, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushini muhokama qildi. Suhbat tafsilotlarini Gʻarb matbuoti e’lon qilmoqda. 

 

CNN xabariga ko‘ra, Xitoy rahbari suhbat chog‘ida “mojaro va qarama-qarshilik hech kimga kerak emas”, deb aytgan.

 

"Davlatlararo munosabatlar harbiy qarama-qarshilik bosqichiga o‘tishi mumkin emas. Mojaro va qarama-qarshilik hech kimning manfaatiga mos kelmaydi. Tinchlik va xavfsizlik xalqaro hamjamiyatning eng qimmatli boyligidir", degan Si Szinpin.


Uning ta’kidlashicha, Xitoy va AQSH ikki tomonlama munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishi, har ikki tomon ham o‘zlariga tegishli xalqaro mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi va dunyo tinchligi uchun harakat qilishlari kerak.


Bu AQSH va Xitoy rahbarlarining so‘nggi oylardagi birinchi muzokarasidir. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, suhbat ikki soat davom etgan.


Amerika tomondan hozircha hech qanday izoh yo‘q.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика