1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSH va YEI o‘rtasida kelishmovchilik tobora ko‘zga tashlanmoqda — Global Times

Shuningdek, Yevropaning Rossiyaga qarshi sanksiyalar uchun katta tovon to‘layotgani maʼlum qilingan.

AQSH va YEI o‘rtasida kelishmovchilik tobora ko‘zga tashlanmoqda — Global Times

 

Ukrainadagi og‘ir vaziyat AQSH va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni kuchaytirmoqda. Bu haqda Xitoyning Global Times gazetasida maqola eʼlon qilindi.

 

“Ukraina masalasi bo‘yicha tashqi o‘xshashlik bo‘lsa-da, AQSH va Yevroittifoq pozitsiyalarida o‘zgarish tobora ko‘zga tashlanmoqda.Vashington Rossiya-Ukriana muzokaralarining cho‘zilishiga harakat qilayotgan bo‘lsa, Yevropa xavfsizlik va barqarorlikka intilmoqda”, – deyiladi materialda.

 

Maqola mualliflarining taʼkidlashicha, Yevropada tobora AQSHning Ukrainaga qurol yetkazib berishidan noroziliklar kuchaymoqda. Shuningdek, YEI Rossiyaga qarshi sanksiyalar uchun katta tavon to‘layotganiga eʼtibor qaratildi.

 

“Vashington demokratiya ortiga yashiringan gegemoniya shousini yaxshi tashkillashtira oladi”, – deb qayd etilgan maqolada.

 

Shu bilan birga Ukrainadagi vaziyat AQSH va Rossiya qarama qarshiligi natijasi ekanligi taʼkidlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bayden Rossiyaning kiberhujumlarni kuchaytirishidan ogohlantirgandi. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика