1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSH vaʼdasida turdi: Ukrainaga ilk NASAMS‘lar berildi

Bu tizimlar havo mudofaasini kuchaytirishi kutilmoqda.

AQSH vaʼdasida turdi: Ukrainaga ilk NASAMS‘lar berildi

 

AQSH Ukrainaga NASAMS ikkita zenit-raketa tizimlarini yetkazib berdi. Bu haqda tizimlarni ishlab chiqaruvchi bo‘lgan Amerikaning Raytheon Technologies kompaniyasi bosh direktori Greg Xeyes maʼlum qildi.

 

“Biz hozirgina ikkita NASAMS tizimini yetkazib berdik. U AQSH hukumatiga ikki hafta oldin taqdim etilgandi. Bugunoq ularning Ukrainada qo‘llanilishi boshlanadi”, – degan u.

 

o‘tgan haftada Pentagonning oliy martabali vakili Vashington yaqin haftalar ichida Kiyevga NASAMS zenit-raketa tizimlarini berishini ochiqlagandi. 11 oktyabr kuni Oq uy vakili Jon Kirbi ham bu xabarlarni tasdiqladi. Ukrainaga jami sakkizta shu turdagi qurollarni berish rejalashtirilgan.

 

Avvalroq Isroil Ukrainaga havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini bermasligini aytgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика