1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSH "Vagner"ni jinoiy guruh deb eʼlon qilmoqchi. "Putinning oshpazi" javobni kechiktirmadi

"Vagner" xususiy harbiy kompaniyasi Ukrainadagi harbiy harakatlarda faol ishtirok etmoqda.

AQSH "Vagner"ni jinoiy guruh deb eʼlon qilmoqchi. "Putinning oshpazi" javobni kechiktirmadi

 

AQSH moliya vazirligi "Vagner" xususiy harbiy kompaniyasini "transmilliy jinoiy" tashkilot sifatida tan oladi. Shu munosabat bilan keyingi hafta kompaniyaga qarshi sanksiyalar kengaytiriladi.

 

O‘z navbatida "Vagner" asoschisi Yevgeniy Prigojin bunga munosabat bildirdi.

 

"Va nihoyat "Vagner" va AQSH hamkasbga aylandi. Bizning munosabatlarimizni bundan buyon jinoiy to‘dalarning to‘qnashuvi sifatida baholanadi", — degan u.

 

"Vagner" Ukrainadagi harbiy harakatlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Bahorda Prigojin Rossiya qamoqxonalaridan minglab mahbuslarni o‘z kompaniyasiga jalb qilgandi.  

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика