1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSH vitse-prezidenti Kamala Xarris Zelenskiy bilan uchrashdi

Muzokarada, agar Rossiya Ukrainaga bostirib kirsa, Moskvaga nisbatan tezkor va qatʼiy iqtisodiy choralar ko'rilishi aytib o'tilgan.

AQSH vitse-prezidenti Kamala Xarris Zelenskiy bilan uchrashdi

 

AQSh vitse-prezidenti Kamala Xarris va Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy Myunxen konferensiyasi doirasidagi birinchi uchrashuvini o‘tkazdi va unda Ukrainadagi  vaziyat muhokama qilindi. 

 

Amerika vitse-prezidenti Qo‘shma Shtatlar Rossiya agressiyasiga qarshi Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ta’kidladi.

 

"Rossiya harbiy harakatlarining kuchayishi oldida AQSh Ukraina bilan birga. Men Myunxenda prezident Zelenskiyga aytganimdek, biz Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligiga sodiqmiz", - dedi Xarris bayonotida.

 

Zelenskiy, o‘z navbatida, tomonlar Ukraina atrofidagi vaziyatni diplomatik yo‘l bilan hal qilish yo‘llarini izlashni davom ettirishga kelishib olganini aytdi.

 

"Men AQSh vitse-prezidenti Kamala Xarris bilan muhim muzokaralar o‘tkazdim. Biz Ukraina atrofidagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatga baho berdik. Biz keskinlikni yumshatishning diplomatik yo‘llarini topish zarurligi haqida bir ovozdan fikr bildirdik. AQSh suvereniteti uchun davom etayotgan samarali yordamini qadrlayman”, - deb yozdi u.

 

Myunxenda Xarris Germaniya kansleri Olaf Shols, Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Leyen va Gretsiya bosh vaziri Kiryakos Mitsotakis bilan Ukraina masalasini alohida muhokama qilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика