1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

AQSh vitse-prezidenti Trampdan keyingi ehtimoliy vorislik haqida gapirdi

Vens: “Favqulodda vaziyat yuz bersa, prezidentlikni o‘z zimmamga olishga tayyorman”.

AQSh vitse-prezidenti Trampdan keyingi ehtimoliy vorislik haqida gapirdi

AQSh vitse-prezidenti J.D. Vens mamlakat rahbari Donald Trampning hayoti yoki sog‘lig‘iga bog‘liq favqulodda vaziyat sodir bo‘lsa, prezident vakolatlarini bajarishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

 

Bu haqda Vens USA Today nashriga bergan intervyusida bayonot berdi. Uning ta’kidlashicha, vitse-prezident sifatida faoliyati davomida katta tajriba to‘plagan va zarurat tug‘ilganda davlatni boshqarish uchun yetarli malaka va amaliy ko‘nikmaga ega.

 

“Agar Xudo ko‘rsatmasin, fojeali voqea yuz bersa, men olganimdan yaxshiroq tayyorgarlikni tasavvur qila olmayman. Vitse-prezident sifatidagi faoliyatim menga jiddiy amaliy mashg‘ulot bo‘ldi”, — dedi Vens.

 

U, shuningdek, Trampning uchinchi muddatga saylanishi ehtimoli haqida ham to‘xtalib, mamlakatda fuqarolarning keng qatlami buni qo‘llab-quvvatlayotganini qayd etdi.

 

Ma’lumot o‘rnida, AQSh Konstitutsiyasiga ko‘ra, prezident vakolatlarini bajarish imkoniyati bo‘lmay qolgan taqdirda, u avtomatik tarzda vitse-prezident zimmasiga yuklanadi. Shuningdek, prezidentlik vorislik tartibida vitse-prezidentdan keyingi navbat vakillar palatasi spikeri va senatdagi vaqtinchalik raisga o‘tadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика