Oq uy maʼlumotlariga ko‘ra, 12 maydan boshlab Qo‘shma Shtatlar mamlakatga havo orqali kelganlar uchun koronavirusga qarshi emlanganlik haqidagi sertifikatni talab qilishni bekor qiladi.
“Mamuriyat 11 may kunining oxiridan boshlab federal idoralar xodimlari, federal kontrakt bo‘yicha ishchilar va xalqaro havo reyslarida kelganlar uchun majburiy emlash talabi bekor qilinishini eʼlon qilamiz”, — deyiladi Oq uy bayonotida.
AQSHda 2021 yil noyabr oyidan boshlab xalqaro reyslarda uchuvchilar uchun ushbu talabi amal qiladi. Avvalroq AQSH prezidenti Jo Bayden pandemiya sababli eʼlon qilingan favqulodda holatni bekor qilish to‘g‘risidagi Kongress tomonidan qabul qilingan qonun loyihasini imzolagan edi.