1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQShda 10 nafar bola COVID-19 vaksinasidan vafot etdi

Miokardit asosiy sabab sifatida qayd etilgan bo‘lsa-da, qo‘shimcha tibbiy tafsilotlar berilmagan.

AQShda 10 nafar bola COVID-19 vaksinasidan vafot etdi

 

AQSh Oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi (FDA) mamlakatda kamida 10 nafar bolada COVID-19 vaksinasidan keyingi asoratlar oqibatida vafot etganlik ehtimoli borligini tasdiqladi. Bu haqda FDA komissari Marti Makari 29-noyabr kuni “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

 

Mazkur bayonot “The New York Times” nashri tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarni tasdiqlaydi. Nashrga ko‘ra, FDA vaksinalar bo‘yicha mas’uli Vinay Prasad 28-noyabr kuni agentlik xodimlariga yo‘llagan eslatmasida tergov natijalariga tayangan holda, 10 nafar bola vaksinatsiyadan “keyin va sababli” vafot etgani aniqlanganini bildirgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘lim holatlari vaksinadan keyingi miokardit bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

 

Eslatmada bolalarning yoshi, sog‘ligidagi avvaldan mavjud muammolar yoki aniqlangan asosiy omillar haqida qo‘shimcha tafsilotlar keltirilmagan. Shuningdek, FDA o‘lim holatlarini vaksina bilan bog‘lash mezonlari, shuningdek qaysi ishlab chiqaruvchi vaksinasi qo‘llangani haqida ma’lumot bermagan.

 

Marti Makari bu xulosalar Jo Bayden prezidentligi davridagi statistik ma’lumotlarga asoslanganini ta’kidladi.

 

Shu bilan birga, AQSh jarrohi generali Robert Kennedi mamlakatning COVID-19 vaksinatsiyasi bo‘yicha amaldagi siyosatini qayta ko‘rib chiqib, emlash tavsiyalarini 65 yoshdan oshgan va salomatligi zaif aholi qatlamlari uchun chekladi.

 

Ekspertlarning qayd etishicha, pandemiya avj olgan davrda qo‘llangan vaksinalar yuqori xavf guruhidagi fuqarolar uchun samarali bo‘lgan, biroq har yili bolalarni alohida COVID-19 vaksinalari bilan emlash amaliyoti ilmiy asosga ega emasligi bildirilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика