1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSHda 11-sentyabr teraktiga oid hujjatlar oshkor qilinadi

Prezident shunga oid qaror imzolagan. “9/11 teraktlarining 20 yilligi arafasida hukumatga xujumlar xaqida maʼlum bo‘lgan barcha narsani amerika xalqi ham bilishi lozim”, deyiladi hujjatda.

AQSHda 11-sentyabr teraktiga oid hujjatlar oshkor qilinadi

 

 

Hukumat  imkon qadar shaffoflikni taʼminlashi va alohida olingan holatlardagina maxfiylikni saqlab qolishi zarurligi taʼkidlangan. Bayden AQSH bosh prokurori, adliya vazirligi va boshqa maʼsul tashkilotlarga hujjatlarni tahlil qilish va oshkor qilinganlarini 6 oy ichida eʼlon qilishni buyurgan.

 

Oq Uy prezidentning shu haqdagi bayonotini tarqatdi. Undaytilishicha, “Bugun AQSH adliya vazirligi va boshqa masʼul idoralarga FQBning 11 sentyabrga oid surishtiruvlariga tegishli hujjatlarni oshkor qilishni nazoratga olishga doir qarorni imzoladim. Unda bosh prokuror maxfiylikdan chiqarilgan maʼlumotlarni 6 oy ichida oshkor qilishi kerakligi ko‘rsatilgan” .

 

Bayden prezident lavozimiga kirishayotganda teraktga oid hujjaatlarning bir qismini oshkor qilish masʼuliyatini olganligini taʼkidladi. “Ushbu fojianing 20 yilligi arafasida men bu majburiyatimni bajardim”, deb qayd etgan AQSH yetakchisi. Prezidentlik kampaniyasi paytida bu Baydenning saylovoldi vaʼdalaridan biri bo‘lgan.

 

Maʼlumot o‘rnida: 2001 yil 11 sentyabr kuni AQSHning Nyu-York va Vashington shaharlarida terakt sodir etilgan. Nyu-Yorkda “egizak minoralar” portlashi oqibatida uch mingdan ziyod inson halok bo‘lgan. Teraktga asosiy aybdor sifatida “Al-Qoida ” ko‘rsatilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval senator Lindsi Grem 11 sentyabr teraktlari qaytarilishi mumkinligidan ogohlantirgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика