1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSHda 20 yil asirlikda saqlangan erkak qutqarildi

U qochish uchun uyiga o‘t qo‘ygan.

AQSHda 20 yil asirlikda saqlangan erkak qutqarildi

 

AQShning Konnektikut shtatida insoniyatni larzaga soluvchi jinoyat fosh etildi. 32 yoshli erkak 11 yoshidan buyon o‘gay onasi tomonidan uyida asirlikda saqlangan. Uzoq yillar davomida zo‘ravonlik va tahqirlarga uchragan jabrlanuvchi uyda yong‘in sodir bo‘lgach, politsiya xodimlari tomonidan topilgan.

 

Tergov natijalariga ko‘ra, jabrlanuvchi deyarli o‘n ikki yil davomida jismoniy va ruhiy azoblarni boshdan kechirgan, muntazam ravishda ochlik va tibbiy e’tiborsizlikka duch kelgan. U qochish maqsadida qasddan yong‘in chiqarganini tan olgan.

 

Politsiya 56 yoshli Kimberli Sullivanni odam o‘g‘irlash va qiynoqlarda ayblab hibsga olgan. Hozirda jabrlanuvchi reabilitatsiya jarayonidan o‘tmoqda. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, uning yo‘qotgan 20 yilini tiklash mushkul bo‘ladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика