1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQShda 2,5 milliondan ortiq migrant deportatsiya qilindi

Vashington 2026-yilda deportatsiya ko‘lamini oshirishni rejalashtirmoqda.

AQShda 2,5 milliondan ortiq migrant deportatsiya qilindi

AQSh rasmiylari 2026-yilda noqonuniy muhojirlarni mamlakatdan deportatsiya qilish sur’ati va ko‘lamini yanada oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda AQSh Ichki xavfsizlik departamenti (DHS) bayonotiga tayanib TASS xabar berdi.

 

Departament ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil davomida AQSh huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan 2,5 milliondan ortiq hujjatsiz migrant mamlakat hududidan chiqarib yuborilgan. Rasmiylarning qayd etishicha, ushbu natijalarga noqonuniy immigratsiyaga qarshi qat’iy choralar hisobiga erishilgan.

 

DHS hisobotida ta’kidlanishicha, qisqa muddat ichida bunday ko‘rsatkichga erishilishi AQSh prezidenti Donald Tramp hamda Ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem tomonidan noqonuniy immigratsiyaga qarshi siyosatni kuchaytirish natijasidir.

 

Departament vakillari bu jarayon endigina boshlanganini alohida urg‘ulagan.

 

Shuningdek, Ichki xavfsizlik departamenti Tramp ma’muriyati noqonuniy immigratsiyaga qarshi kurashish uchun yangi qonunlarni qabul qilish zarur deb hisoblamayotganini bildirdi. Ularning fikricha, avvalgi — Bayden ma’muriyati davrida yumshatilgan immigratsiya qoidalarini amalda qat’iy ijro etishning o‘zi yetarli bo‘lgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика