
Pentagon rasmiylaridan biri joylashtirish uch omil tufayli cho‘zilib ketganini maʼlum qilgan. Bular – byurokratik to‘siqlar, zarur turarjoyning yetishmasligi va emlash. Maʼlum bo‘lishicha, afg‘onlarni yangi yashash joylariga yil oxiriga qadar jo‘natish maqsad qilingan. Endilikda esa bu jarayon 2022 yil martiga qadar cho‘zilishi mumkin.
Hozirgi kunda AQSHning sakkiz harbiy bazasida 50 ming afg‘onistonlik joylashtirilgan. Shuningdek, evakuatsiya qilinganlarining qochqin sifatida ro‘yxatga olinmasligi ham jarayonni qiyinlashtirmoqda.
Bundan avval Jozef Baydenni qutqargan tarjimon Afg‘onistondan olib chiqib ketilgani hamda Kanada afg‘on qochqinlarining katta qismini qabul qilishi xabar qilingandi.
Jahongir Qo'ziyev


