
Oq Uy rahbari so‘zlariga ko‘ra, bu orqali emlangan fuqarolar sonini oshirish hamda vaksinani inkor qilayotganlarga qarshi kurash maqsad qilingan. Ushbu rejada 6 yo‘nalish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan.
“Agar biz buni hayotga muvaffaqiyatli tadbiq eta olsak, kelgusida, eng avvalo,emlangan amerikaliklar soni ko‘payadi. Ikkinchidan, kasalxonaga yotqizish va o‘lim holatlari kamayadi. Farzandlarimiz maktablarga xotirjam boradi hamda korxonalar ishlab turishi ortidan iqtisodiyotimiz rivojlanadi”, – deb taʼkidlagan Prezident.
Shu bilan birga, AQSH hukumati tizimida ishlaydigan barcha xizmatchilar majburiy tarzda emlanishi eʼlon qilindi. Oq Uy matbuot kotibi Jen Psaki bunga qarshilik qilganlar ishdan bo‘shatilishi mumkinligidan ogohlantirgan. “Agar hukumatda yoki hukumat bilan shartnoma asosida ishlashni istasangiz vaksina olishingiz kerak”, - degan Psaki.
Bundan avval AQSH Xitoyda koronavirusni o‘rganishga 3 million dollar ajratgani xabar qilingan edi.
Jahongir Qo‘ziyev


