1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSHda davlat xizmatchilarini ishdan bo‘shatish boshlandi

4 000dan ortiq xodim qisqartirishga tushgan.

AQSHda davlat xizmatchilarini ishdan bo‘shatish boshlandi

AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati mamlakat bo‘ylab bir nechta davlat idoralarida faoliyat yurituvchi minglab davlat xizmatchilarini ishdan bo‘shatish jarayonini boshladi. Bu haqda AP News, Reuters va Axios agentliklari xabar berdi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, hozircha kamida 4 100 nafar davlat xizmatchisi ishdan bo‘shatish rejasi doirasiga kiritilgan. Qisqartirishlar Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar vazirligi (HHS), Savdo, Taʼlim, hamda Ichki xavfsizlik vazirligining kiberxavfsizlik bo‘limida amalga oshirilyapti.

 

Oq uy Byudjetni boshqarish idorasi rahbari Rassel Vougt juma kuni “The RIFs have begun” (“Qisqartirishlar boshlandi”) degan bayonot bilan chiqdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu jarayon davlat xizmatlarida “samaradorlik va moliyaviy tejamkorlikni taʼminlash” maqsadida amalga oshirilmoqda.

 

Maʼmuriyatning maʼlumoticha, har bir xodim ishdan bo‘shatilishidan 30–60 kun oldin rasmiy ogohlantiruv xati oladi. Shu vaqt ichida ular o‘z huquqlarini himoya qilish yoki boshqa lavozimga o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

Biroq ko‘plab huquqshunoslar va profsoyuzlar bu qarorni tanqid qilmoqda. Ularga ko‘ra, hukumat moliyalashtirishni to‘xtatgan (“shutdown”) davrda davlat xizmatchilarini ishdan bo‘shatish noqonuniy hisoblanishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика