AQSh prezidenti Donald Trampning siyosiy yo‘nalishiga shubhasiz sodiqlik kelgusida Amerika davlat xizmatchilarini ishga olish va ishdan bo‘shatishda asosiy mezon bo‘ladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, may oyida Ilon Maskning AQSh hukumati samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari lavozimini tugatish qarori ortidan davlat idoralaridagi kadrlar siyosati ustidan nazorat Xodimlarni boshqarish bo‘yicha federal idoraga o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Yangi tartibga ko‘ra, mansabdor shaxslarning qonunlarga va prezident siyosatiga vijdonan amal qilishi baholanadi. AQSh agentliklarining ushbu tizimga 2026-moliya yilidan (ya’ni, 1-oktabrdan) boshlab to‘liq o‘tishi kutilmoqda.


