AQSH Prezidenti Donald Tramp 1-mart kuni imzolagan farmonga ko‘ra, ingliz tili mamlakatning yagona rasmiy tili deb eʼlon qilindi. Bu haqda Oq uy rasmiy sayti xabar berdi.
Farmonda “Birlashgan millat uchun yagona til kerak” ekani taʼkidlanib, bu qaror kommunikatsiyani osonlashtirishi va milliy qadriyatlarni mustahkamlashga xizmat qilishi aytilgan.
Shuningdek, hujjat Bill Klinton davrida qabul qilingan qarorni bekor qildi, u AQSHda ingliz tilini bilmagan shaxslarga davlat idoralari tomonidan xizmat ko‘rsatishni talab qilardi. Endi muassasalar o‘zlari boshqa tillarda yordam ko‘rsatish hajmini belgilashi mumkin.


