UBS banki tomonidan e’lon qilingan 2025 Global Boylik hisobotiga ko‘ra, AQShda 2023-yil davomida kuniga o‘rtacha 1 000 dan ortiq yangi millioner paydo bo‘lgan. Hisobotga ko‘ra, o‘tgan yili mamlakatda jami 379 000 kishi o‘z boyligi bilan millionerlar ro‘yxatiga qo‘shilgan.
Global miqyosda esa jismoniy shaxslar boyligi 4,6 foizga, AQShda esa 11 foizga o‘sgan. Ushbu o‘sish barqaror AQSh dollari kursi va moliyaviy bozorlardagi ijobiy dinamikaga bog‘liq.
2023-yilda Qo‘shma Shtatlar dunyo millionerlari sonining 40 foizini tashkil etgan. Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika esa 2022-yildagi pasayishdan so‘ng global boylik tiklanishiga hissa qo‘shgan.
Buyuk Xitoy (materik Xitoy, Gonkong va Tayvanni o‘z ichiga olgan holda) boylik taqsimotida jismoniy shaxslarning eng yirik ulushiga ega bo‘lgan: $100 000 dan $1 milliongacha boylikka ega bo‘lganlar bozorning 28,2 foizini tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich G‘arbiy Yevropada 25,4 foiz, Shimoliy Amerikada esa 20,9 foiz bo‘lgan.
Shuningdek, hisobotda dunyo bo‘ylab katta qismi $100 000 dan kamroq sof boylikka ega ekanligi, atigi 1,6 foiz aholigina $1 million yoki undan ortiq sof boylikka ega ekani qayd etilgan.
UBS prognoziga ko‘ra, kelgusi besh yilda ham AQSh va Buyuk Xitoy aholisi orasida boylik o‘sishi davom etadi.


