1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSHda maymunchechak yuqtirganlar soni keskin ortdi

Mutaxassislar federal maʼmuriyatni kasallik avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun kengroq choralar ko‘rishga chaqirdi.

AQSHda maymunchechak yuqtirganlar soni keskin ortdi

 

Sog‘liqni saqlash mutaxassislari Qo‘shma Shtatlarda maymun chechagi epidemiyasini to‘xtatish uchun vaqt tugab borayotgani haqida ogohlantirmoqda. Chunki mamlakatda kasallikning 3000 ga yaqin holati tasdiqlangan.

 

AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlarining so‘nggi maʼlumotlariga ko‘ra, Nyu-York shtatida eng ko‘p (900) holat aniqlangan. Shuningdek, Kaliforniya (356) va Floridada (247) ham vaziyat jiddiy.

 

Sog‘liqni saqlash mutaxassislarining taʼkidlashicha, AQSHdagi sinovlarning muammoli tomonlari hisobga olinsa, maymun chechagi bilan kasallanganlar soni bundan ancha ko‘p bo‘lishi mumkin.

 

Sog‘liqni saqlash bo‘yicha mutaxassislar AQSH maymunchechak epidemiyasini to‘xtatishda muhim pallaga kelingani haqida ogohlantirdi.

 

Michigan universitetining yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassisi Priti Malani sog‘liqni saqlash ko‘plab sohalarda, shu jumladan, tezkor sinovdan o‘tkazish va unga muhtoj bo‘lgan bemorlar uchun davolanish imkoniyati bo‘yicha juda orqada qolayotganini aytdi.

 

AQSH rasmiylari allaqachon sinovlarni kengaytirib, o‘n minglab vaksinalarni taqdim etishdi. Ammo cheklangan taklif talabga mos emas. Shu bois ham mutaxassislar federal maʼmuriyatni kasallik avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun kengroq choralar ko‘rishga chaqirdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика