1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

AQShda O‘zbekiston fuqarolari uchun ogohlantirish e’lon qilindi

Kuchaytirilgan migratsiya reydlari ortidan fuqarolardan hujjatlarni tartibga keltirish talab qilinmoqda.

AQShda O‘zbekiston fuqarolari uchun ogohlantirish e’lon qilindi

So‘nggi kunlarda Amerika Qo‘shma Shtatlarida federal migratsiya organlari tomonidan nazorat tadbirlari kuchaytirilgani haqida xabar berildi. Mamlakat bo‘ylab o‘tkazilayotgan reydlar asosan hujjatlarining haqiqiyligi va haydovchilarning migratsion maqomini tekshirishga qaratilgan.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, tekshiruvlarda haydovchilik guvohnomalarining haqiqiyligi, hujjatlarning muddati va qonuniyligi, ishga ruxsat beruvchi hujjatlar hamda haydovchilarning ingliz tilini bilish darajasi alohida e’tibor ostida bo‘lmoqda.

 

AQSh hukumati noqonuniy migratsiyaga qarshi choralarni kuchaytirgani tufayli federal yo‘llarda reydlar kengaytirilgan vakolatlar asosida o‘tkazilayotgani aytiladi. Ba’zi holatlarda bir nechta haydovchilik guvohnomasidan foydalanish yoki xavfsizlikka oid gumonlar bilan ushlanish holatlari ham qayd etilgan.

 

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi AQShda yashayotgan va avtomobil boshqarayotgan fuqarolarga hujjatlarni tartibga keltirish, migratsion maqomni tasdiqlovchi hujjatlarni doimo o‘z bilan olib yurish kerakligini eslatdi. Shuningdek, muammoli yoki shubhali vaziyatlarda O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi va konsulliklariga murojaat qilish tavsiya etildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика