AQSHda qor bo‘ronlari rekord darajadagi sovuq oqibatida halok bo‘lganlar soni 78 taga yetdi. Bu haqda NBC xabar berdi.
Xususan, Kolorado, Kanzas, Kentukki, Nebraska, Missuri, Oklaxoma, Michigan, janubiy Karolina, Tennessi, Viskonsin, Illinoyis va Vermontda o‘lim holatlari qayd etilgan.
Nyu-York mahalliy hokimiyati kunlar ilishi bilan to‘plangan qor oqibatida toshqinlar boshlanishidan xavfsiramoqda.
Bo‘ron paytida ayrim joylarda harorat 45 darajagacha tushgan. Ayrim odamlar o‘z avtomobillarida jonsiz holatda topilgan, boshqalarning yuragi esa qor tozalayotgan paytda to‘xtab qolgan.
Jozef Bayden Nyu-York shtatida favqulodda holat eʼlon qildi. Shtatga federal darajada yordam ko‘rsatishga topshiriq berilgan.


