AQSHning Kaliforniya shtatiga qarashli San-Diyego shahrida kichik xususiy samolyot uy ustiga qulab tushdi. Mahalliy rasmiylarning ma’lumotiga ko‘ra, hodisa oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘lgan.
Shuningdek, sakkiz kishi turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Favqulodda xizmatlar darhol hodisa joyiga yetib borgan va yong‘in tezda bartaraf etilgan.
Aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha federal idoralar voqea yuzasidan tergov boshlagan. Samolyot parvozi vaqtida nosozlik yuzaga kelgani taxmin qilinmoqda.


