1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSHda Tramp siyosatidan norozilarga 4 yillik sayohat taklif qilindi

Villa Vie Odyssey kemasida sayohat 140 dan ortiq davlatni o‘z ichiga oladi.

AQSHda Tramp siyosatidan norozilarga 4 yillik sayohat taklif qilindi

AQSHdagi prezidentlik saylovida Donald Tramp g‘alaba qozonganidan norozilar uchun dunyo bo‘ylab sayohat taklif qilindi. Bu haqida Business Insider xabar berdi.

 

Villa Vie Odyssey kemasidagi kruiz 4 yilga mo‘ljallangan. Sayohatchilar yetti qitʼadagi 140 dan ortiq davlatni ko‘rishi kutilmoqda. All inclusive tizimi bo‘yicha bir kishilik chipta narxi 255,9 ming dollardan boshlanadi. Ikki o‘rinli xonaning boshlang‘ich narxi esa 319 ming dollar.

 

2026 yil kuzida Kongressga oraliq saylovlardan keyin shtatlardagi o‘zgarishlarga umid qilganlar “Oraliq saylovlar” paketini sotib olishi mumkin. Bir kishilik 150 399 dollar, ikki kishilik 187 998 dollarga baholangan. Mazkur turpaket ikki yildan keyin AQSHga qaytishga mo‘ljallangan.

 

Odyssey kemasida sayohat qilish dunyoning boshqa hech bir joyida fuqarolik huquqini bermasa-da, u yo‘lovchilarga tirbandliklar, siyosat va shahar hayotining bir xilligidan qochish imkoniyatini taqdim etadi, — deydi Villa Residences vakili.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика