1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQShda vafot etgan ayolning farzandi tug‘ildi

Ayolning hayoti sun'iy hayotiy funksiyalar bilan saqlab turilgan.

AQShda vafot etgan ayolning farzandi tug‘ildi

Jorjiya shtatida miya o‘limi aniqlangan Adriana Smitning homilasi maxsus tibbiy uskunalar yordamida yetishtirilib, sog‘-salomat tug‘ildi. Abortga oid qonunlar sababli shifoxona ayol jasadini sun’iy hayotiy funksiyalar bilan saqlab turgan.

 

13-iyun kuni chaqaloq shoshilinch operatsiya orqali dunyoga keldi. Chaqaloqning vazni 800 gramm atrofida bo‘lib, hozirda u intensiv terapiyada. Bola “Chens” (Chance – Imkon) deb nomlandi.

 

Endi ayol jasadi apparatlardan uzilib, dafn etiladi. 30 yoshli Smit homiladorlikning dastlabki haftalarida miya qon quyilishi sababli vafot etgan edi. Shifokorlar uni yashovchan deb topmagan, biroq shtat qonunlari chaqaloqni qutqarishga majbur qilgan.

 

                                                                                                                                                  Muborak Nurmatova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика