Kecha, 31 yanvar kuni AQShning Filadelfiya shahrida ichida 6 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan samolyot halokatga uchradi. Federal fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, aviahalokat mahalliy vaqt bilan taxminan 18:30 da sodir bo‘lgan. Samolyot Filadelfiyaning shimoliy-sharqiy aeroportidan havoga ko‘tarilib, Missuri shtatidagi Springfild-Branson aeroportiga yo‘l olgan. U ko‘tarilganidan 30 soniya o‘tib, radar ekranlaridan g‘oyib bo‘lgan. O‘sha paytda havo kemasi 1600 fut (487 metr) balandlikda bo‘lgan.
Halokatga uchragan samolyot bortida kamida olti kishi bo‘lgan. Ularning taqdiri haqida hozircha rasmiy ma’lumot berilmagan. Xabarlarga ko‘ra, samolyot qulagan hudud yaqin atrofidagi yana bir necha kishi turli xil kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Templ universiteti shifoxonasi halokatda jabrlangan olti nafar bemorni qabul qilganini ma'lum qilgan. Shifoxona ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu bemorlarning uch nafari davolanib, uyiga ketishiga ruxsat berilgan va yana uch nafari qoniqarli holatda shifoxonaga yotqizilgan.


