AQShning Ogayo shtatida yuk poyezdi besh kishini urib yubordi. Hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, kamida ikki nafar fuqaro bedarak yo‘qolgani aytilmoqda.
Voqea 18-may kuni kechqurun soat 19:00 da Frimont shahri yaqinida, Erie ko‘li bo‘yida — Toledo va Klivlend shaharlari oralig‘ida sodir bo‘lgan. Fremont meri Denni Sanches ikki fuqaroning halok bo‘lganini tasdiqlagan.
Dastlab, bedarak yo‘qolganlar soni bitta deb e’lon qilingan bo‘lsa, keyinroq bu raqam ikkitaga yetgani ma’lum qilindi. Xabarlarga ko'ra, bedarak yo‘qolganlar orasida 5 yoshli bola ham bo‘lishi mumkin — hozircha uning aniq holati noma’lum.
Hodisa joyi xavfsizlik sabab to‘sib qo‘yilgan, qidiruv-qutqaruv va tergov ishlari davom etmoqda.


