1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

AQSHga yuborishni va’da qilgan firibgar qo‘lga olindi

Ayni vaqtda holat yuzasidan tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

AQSHga yuborishni va’da qilgan firibgar qo‘lga olindi

 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy shahar bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.E. fuqaro L.Q.ning ishonchiga kirib, uni 17 500 AQSH dollari evaziga Yevropa davlatlari orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishini aytib, oldindan 6 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Shu kabi, Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.A. fuqaro Z.L.ni tanishlari orqali Germaniya davlatiga ishlash uchun yuborish evaziga 5 100 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика