1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQShning Afg‘onistondagi manfaatlarini qaysi davlat ilgari surishi maʼlum bo‘ldi

Bu haqda tegishli shartnoma imzolangan.

AQShning Afg‘onistondagi manfaatlarini qaysi davlat ilgari surishi maʼlum bo‘ldi

 

Qatar AQShning Afg‘onistondagi manfaatlarini ilgari suradi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar qildi.

 

Agentlik manbasi so‘zlariga ko‘ra, Qatar Afg‘onistonda qolib ketgan AQSh fuqarolariga konsullik xizmati ko‘rsatadi va Vashingtonning ushbu mamlakatda manfaatlarini ilgari suradi. AQSh manfaatlari bo‘limi Kobuldagi sobiq elchixona binosida joylashadi.

 

Taʼkidlanishicha, Doha Vashingtonga toliblar bilan aloqalarni saqlab turishga yordam beradi.

 

Qatar — Afg‘onistondagi siyosiy hayotda va "Tolibon" tashqi siyosatida katta ahamiyatga ega davlat. Xususan, harakatning siyosiy ofisi aynan Dohada joylashgan. Bundan tashqari, AQSh va toliblar o‘rtasida kelishuv imzolanishida ham Qatar muhim o‘rin tutgan. Shuningdek, afg‘on fuqarolarini evakuatsiya qilishda bu davlat eng asosiy tranzitlardan biri hisoblanadi.

 

Avvalroq Qatar Kobul aeroportini boshqarishda yordam berishi to‘g‘risida xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика