1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ar-Riyodda o‘tkazilgan muzokaralar mazmuni ochiqlandi

Ukraina va AQSh dengizdagi otashkesim bo‘yicha kelishuvga yaqinlashmoqda.

Ar-Riyodda o‘tkazilgan muzokaralar mazmuni ochiqlandi

 

23-mart kuni Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida Ukraina va AQSh delegatsiyalari Qora dengiz hududida otashkesim joriy etish va port hamda daryo infratuzilmasini ushbu kelishuv doirasiga kiritish masalalarini muhokama qildilar.

 

Ushbu uchrashuv haqida Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Sergey Leshchenko ma’lum qildi. "Asosiy e’tibor transport infratuzilmasi va yuk tashish xavfsizligiga qaratildi. Muzokaralarda ikki tomonlama otashkesim masalasi ko‘tarildi. Agar kelishuv amalga oshsa, biz ularning dengiz obyektlariga, jumladan, daryolarga hujum qilmaymiz va ular bizning infratuzilmamiz – Xerson, Nikolayev va katta Odessa portlariga zarba bermaydi", — dedi u.

 

Bundan tashqari, muzokaralar davomida mahbuslar almashinuvi masalasi ham muhokama qilingan. Leshchenko muzokaralar hozircha texnik xususiyatga ega bo‘lib, kelgusida yuqori darajadagi uchrashuvlar o‘tkazilishi mumkinligini ta’kidladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика