1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Arab davlatlari Yamandagi operatsiyasini vaqtinchalik to‘xtatdi

30 mart kuni Ar-Riyodda yamanlik siyosiy kuchlar o‘rtasida muzokaralar start oladi.

Arab davlatlari Yamandagi operatsiyasini vaqtinchalik to‘xtatdi

 

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi Yamandagi harbiy operatsiyasini vaqtincha to‘xtatadi. Bu haqda SPA axborot agentligi xabar berdi.

 

"Koalitsiya birlashgan qo‘mondonligi chorshanba kuni 06.00 dan boshlab Yaman hududidagi barcha harbiy operatsiyalarni to‘xtatishini maʼlum qiladi. Bu Ar-Riyoddagi maslahatlashuvlarning muvaffaqiyatli o‘tkazilishi hamda muqaddas Ramazon oyi davomida tinchlik uchun qulay muhit yaratish uchun amalga oshirilmoqda. Biz o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga amal qilamiz va uning saqlab qolinishi uchun barcha choralarni ko‘ramiz", — deyiladi koalitsiya bayonotida.

 

30 martdan 7 aprelga qadar Ar-Riyodda Yamandagi nizolashayotgan tomonlar o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tadi. U Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi tashabbusi bilan tashkil etilmoqda. Muzokaralarda 6 muhim masala muhokama qilinadi.

 

Yamanda 2014 yildan buyon qurolli nizo davom etmoqda. 2015 yilda Saudiya Arabistoni boshchiligida koalitsiya markaziy hukumat tomonida urushga qo‘shildi. Ushbu nizo yirik gumanitar inqirozga olib keldi. BMT maʼlumotlariga ko‘ra, 24 million yamanlik (aholining 80 foizi) gumanitar yordamga muhtoj.

 

Avvalroq Yaman xusiylari Saudiya neft obyektlariga hujum qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика