Saudiya Arabistoni va Iroq Yevropaga neft sotishni ko‘paytirmoqda. Bloomberg maʼlumotlariga ko‘ra, bu YEIning Rossiya energetika resurslaridan voz kechishi fonida ro‘y beryapti.
Xususan, yanvarga nisbatan yetkazib berish hajmi 90 foizga oshgan. Bu kuniga 2.2 million barrelni tashkil etyapti. Xususan, Saudiya Misrga tankerlar orqali neft olib keladi. U Sumed quvuriga tushiriladi. U Qizil Dengizdagi Ayn-Soxna terminali va O‘rtayer dengizidagi Sidi-Kerir portini o‘zaro bog‘laydi.
Bu yerda neft yana tankerlarga ortiladi va Yevropaga jo‘natiladi. Iyun oyining dastlabki uch haftasida shu yo‘l orqali sutkasiga 1 million barrel “qora oltin” eksport qilingan. Bu 2021 yilning shu davriga nisbatan 2 barobarga ko‘p.
Iroq esa neftni dengiz orqali yetkazib bermoqda. Fors Ko‘rfazidan Suvaysh kanaliga sutkasiga 1.2 million barrelgacha neft ortilgan tankerlar qatnayapti. Ularning katta qismi Iroq hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Avvalroq Rossiya va Eron neft-gaz sohasida 40 milliard dollarlik kelishuvga erishgandi.


