1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Argentina o't ichida qoldi

Alanga ekin maydonlarini kulga aylantirdi. 70 ming qoramol nobud bo'lgan.

Argentina o't ichida qoldi

 

Argentina shimoli-sharqida bir necha hafta oldin boshlangan yong'in har kuni  80 ming gektarga yaqin maydonni kulga aylantirmoqda.

 

Yong'inlar atrof-muhitga tuzatib bo'lmaydigan ziyon keltirdi. Korrientes provinsiyasi esa ofatdan  jiddiy iqtisodiy zarar ko'rgan. Olov viloyat umumiy hududining qariyb 6 foizini qamrab olgan. 


Shikastlangan choy ekinlari tufayli kamida 4,2 million dollar va sholi maydonlarining vayron bo'lishi tufayli 44,6 million dollar miqdorida yo'qotishlar mavjud. Kamida 70 ming bosh qoramol nobud boʻldi. Qora tutun sun'iy yo'ldosh o'lchovlarini yangilashga to'sqinlik qilmoqda.


Avvalroq Braziliyada kuchli suv toshqinlari yuz bergani xabar qilingan edi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика