Argentina hukumati soliq xizmati — Federal daromadlar boshqarmasini tugatib, uning o‘rniga soddalashtirilgan Daromad va bojxona nazorati agentligini tashkil etdi.
Soliq idorasi tugatilishi hisobiga xodimlar sonini uchdan bir qismga qisqartirildi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, soliq xizmati uzoq yillar davomida siyosiy tashkilot sifatida faoliyat yuritgan va ko‘plab argentinaliklarni taʼqib qilish uchun qurol sifatida ishlatilgan.
“AFIPni yopish argentinaliklarning iqtisodiy va tijorat erkinligiga to‘sqinlik qiladigan keraksiz byurokratiyani yo‘q qilish uchun zarur”, deb tushuntirdi prezident maʼmuriyati.


