1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Armanistonda har bir tug‘ilgan bola uchun 1300 dollar beriladi

Yangi qonun bilan bir martalik nafaqa aniq miqdorda belgilanmoqda.

Armanistonda har bir tug‘ilgan bola uchun 1300 dollar beriladi

 

Armaniston hukumati tug‘ilish darajasini oshirish va oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yangi ijtimoiy tashabbusni joriy etmoqda. Armenia Today nashrining xabariga ko‘ra, 2026-yil 1-sentabrdan boshlab mamlakatda tug‘ilgan har bir bola uchun 500 ming arman dramiga teng, ya’ni taxminan 1300 AQSh dollari miqdorida bir martalik nafaqa beriladi.

Qayd etilishicha, ushbu qonunchilik tashabbusi Armaniston parlamenti tomonidan qabul qilingan. Avvalroq nafaqa miqdori oiladagi bolalar soniga qarab farqlangan: birinchi va ikkinchi bola uchun 300 ming dram, uchinchi va to‘rtinchi bola uchun 1 million dram, beshinchi va undan keyingi bolalar uchun esa 1,5 million dram to‘langan.

Shu bilan birga, mamlakatda ko‘p bolali oilalarni qo‘llab-quvvatlash dasturi saqlab qolinadi. Unga muvofiq, 2022–2025-yillarda tug‘ilgan uchinchi va undan keyingi har bir bola uchun olti yoshga to‘lguniga qadar oyiga 50 ming dram miqdorida moddiy yordam ajratiladi. Yangi qonun ushbu to‘lovlarni 2026-yil 1-yanvardan keyin tug‘iladigan bolalarga ham tatbiq etish uchun huquqiy asos yaratadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика