1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Arzonlashtirilgan ko‘mir qachondan tarqatilishi ma’lum qilindi

1 tonna mahsulot narxi 303 ming so‘mni tashkil etmoqda.

Arzonlashtirilgan ko‘mir qachondan tarqatilishi ma’lum qilindi

 


Mahalliy arzonlashtirilgan ko‘mir mahsuloti 15 sentabrdan ommaviy tarzda berila boshlaydi. Bu haqda “O‘zbekko‘mir”  AJ mutaxassislari ma’lum qildi.

 

Arzonlashtirilgan ko‘mir mahsuloti tarqatilishi “Ko‘mir ta’minot” MCHJning respublika bo‘yicha 101 ta hududiy ko‘mir ombori va shaxobchasi orqali amalga oshiriladi.

 

Fuqarolar qish mavsumida ko‘mir mahsulotiga ehtiyoj sezsa, o‘zi istiqomat qilayotgan MFYga murojaat qilib, ko‘mir oluvchilar ro‘yxatiga kiritilishi kerak. Ushbu ro‘yxat shakllantirilgach, mahalliy hokimliklar tomonidan tasdiqlanadi va aholi yashash uyiga yaqin ko‘mir omboriga yuboriladi. 

 

Aholiga mo‘ljallangan mahalliy ko‘mir markasi — BR, namligi — 40 foiz, kullik darajasi 17 foiz bo‘ladi. Uning narxi 1 tonna mahsulot uchun 300 300 so‘mni tashkil etmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика