1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Asadxo‘ja Mo‘ydinxojaev Dubayda jahon chempioni bo‘ldi

O‘zbekistonlik bokschi IBA jahon chempionati finalida rossiyalik raqibini mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Asadxo‘ja Mo‘ydinxojaev Dubayda jahon chempioni bo‘ldi

 


Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha IBA jahon chempionati O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli davom etmoqda. Navbatdagi oltin medal -67 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Asadxo‘ja Mo‘ydinxojaev hisobiga yozildi.


Keskin va murosasiz kechgan final jangida Asadxo‘ja Mo‘ydinxojaev rossiyalik bokschi Evgeniy Kool ustidan ustun kelib, jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Ushbu g‘alaba orqali u musobaqaning eng kuchli sportchilaridan biri ekanini yana bir bor isbotladi.


Ayni paytda chempionatning final bahslari davom etmoqda. Bugun yana uch nafar o‘zbekistonlik bokschi — Javohir Ummataliev (-80 kg), To‘rabek Habibullaev (-92 kg) va Arman Mahanov (+92 kg) oltin medal uchun ringga ko‘tarilishi kutilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика