U suv va shakarlardan (asosan fruktoza va glyukoza) hamda prebiyotik frukto-oligosakkariddan iborat. Shuningdek, sog'lik uchun muhim bo'lgan vitaminlar va mikroelementlarni o'z ichiga oladi (kaltsiy, magniy, kaliy). Bundan tashqari, asal tabiiy mikroblarga va yallig'lanishga qarshi vosita hisoblanadi.
Asal bilan oshqozondagi muammolardan tortib, allergiya, shamollash va teri infeksiyalarigacha bo‘lgan kasalliklarni asal bilan davolash mumkin.
Miya faoliyati yaxshi ishlashiga yordam beradi
Asalni har kuni 3 choy qoshiqdan iste’mol qilish menopauzadan keyingi davrdagi ayollarning xotirasini yaxshilashga hissa qo‘shadi. 2011-yil “Menapause” jurnalida e’lon qilingan tadqiqotda, ishtirokchilarning xotirasi asal iste’mol qilgandan 16 hafta o‘tib estrogen va progestin gormonal terapiyasi bilan davolangan bemorlarniki singari yaxshilangani aytilgan.
Yo‘talni kamaytiradi
2012-yil Pediatrics jurnalida e’lon qilingan maqolada esa yuqori nafas yo‘llari infeksiyasidan aziyat chekadigan bolalar uyquga yotishidan 30 daqiqa avval evkalipt, sitrus yoki shifobaxsh giyohli (rozmarin, tog‘jambil hamda yalpiz) asal iste’mol qilganidan keyin platsebo qabul qilganlarga nisbatan kam yo‘talgani va yaxshiroq uxlagani ma’lum qilingan.
Yaralarni tez bitishiga yordam beradi
Asaldan yaralarni bitiruvchi surtma sifatida foydalansa bo‘ladi. 2017-yilda o‘tkazilgan tadqiqotda antibakterial xususiyati sabab asal yarani dezinfeksiya qilishi, yallig‘lanishni kamaytirib, to‘qimalarning tez regeneratsiyaga hissa qo‘shishi ta’kidlangan. Tadqiqotchilar asal surtilgan bog‘lamni yaraga qo‘yish zararlangan tana qismiga asal surtishdan samaraliroq ekanini aniqlagan
Har qanday kuyishda asaldan foydalansa bo’ladi
Qaynab turgan suvning bug‘i, qizib turgan soch turmaklaydigan vositalar va quyosh nuridan kuyganda asal surtish tavsiya qilinadi. 2013-yilda o‘tkazilgan tadqiqotda ushbu mahsulot diskomfortni kamaytirib, terini tinchlantirishi hamda tez bitishiga yordam beradi.


