AQSH prezidenti Jozef Bayden Suriyaga qarshi sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi. Bu haqda Oq uy xabar tarqatdi.
Gap 2004 yildan 2012 yilga qadar Vashington tomonidan joriy etilgan cheklovlar haqida ketmoqda. Bu sanksiyalar ayrim yuridik va jismoniy shaxslarning AQSH hududida joylashgan mulklarini bloklashni, shuningdek, ayrim tovar va xizmatlarni Suriyaga eksport qilishni taqiqlaydi.
Oq uy tarqatgan hujjatda Suriya hukumati harakatlari Qo‘shma Shtatlar tashqi siyosati, iqtisodiyoti va milliy xavfsizligiga tahdid sifatida baholangan. Bayden administratsiyasi fikricha, Damashq zo‘ravonlik va inson huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘ymoqda.
Avvalroq Iroq Suriya bilan chegarada devor qurishi maʼlum bo‘lgandi.


