1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Asosan emlanmagan fuqarolar koronavirus qurboniga aylanmoqda — AQSH olimlari xulosasi

COVID-19‘ga qarshi emlanmaganlar vaksina olganlarga nisbatan 11 baravar ko‘p vafot etayotgani maʼlum bo‘ldi. Bu AQSH Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi tadqiqotlari natijasida eʼlon qilingan.

Asosan emlanmagan fuqarolar koronavirus qurboniga aylanmoqda — AQSH olimlari xulosasi

 

 

Qayd etilishicha, olimlar asosan vaksina olinmagan holatdagi o‘lim xavfini tadqiq qilgan. Tadqiqot doirasida 600 ming bemor tekshiruvdan o‘tkazilgan. Natijada emlanmagan fuqarolar  vaksina olganlarga nisbatan kasalxonaga 10 marta ko‘p yotqizilgani aniqlangan. Shuningdek, emlanmaganlar kasallikka 4 yarim barobar ko‘p chalingan.

 

AQSH Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi direktori Roshel Valenski “Markaz vaksinatsiya ko‘rsatkichini taʼminlashga bor kuchini sarflaydi”– deb aytib o‘tgan.

 

AQSHda hukumat amaldorlarini  majburiy emlash joriy qilingan. Shuningdek, Jozef Bayden koronavirusga qarshi emlash ko‘lamini oshirishga vaʼda bergan. Olimlar koronavirusni yengishning birdan bir yo‘li vaksinalar ekanligini taʼkidlab kelmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval JSST vaksinalarni adolatli taqsimlashga chaqirgan edi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика