Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi aniqlangan virus turi Clade 1b shtammi bo‘lib, u Tailandda ta’tilda bo‘lgan erkakda aniqlangan. Biroq Avstraliya Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari (CDC)ga ko‘ra, bu holat bilan bog‘liq yuqish xavfi past va shtammning mamlakat bo‘ylab tarqalish ehtimoli cheklangan.
Avstraliya sog‘liqni saqlash bo‘yicha bosh direktori Entoni Loulerning ta’kidlashicha, mamlakatda mpoxni jilovlashga doir zarur choralar ko‘rilgan: “Aholi salomatligi ustuvor yo‘nalish bo‘lib qolmoqda. Har bir holat shtat va hudud sog‘liqni saqlash idoralari tomonidan nazorat ostida”, — dedi u.
Mpox virusli kasallik bo‘lib, asosan Markaziy va G‘arbiy Afrikada uchraydi. Ilk marta 1970 yilda Kongo Demokratik Respublikasida qayd etilgan. 2022-yil 1-yanvardan 2025-yil 30-aprelgacha 133 mamlakatda 142 151 ta holat va 328 ta o‘lim qayd etilgan. 2024-yil 14-avgustda JSST Afrikada kasallik avj olgani sababli global favqulodda holatni yana e’lon qilgan.


