1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Avstraliyada “Oltin viza” bekor qilindi

Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri maʼlum qildi.

Avstraliyada “Oltin viza” bekor qilindi

Avstraliya hukumati iqtisodiyotga kamida 5 million Avstraliya dollari sarmoya kiritishga tayyor xorijlik investorlarga mamlakatda yashash huquqini beruvchi “oltin viza”ni bekor qildi. Bu haqda Avstraliya Ichki ishlar vaziri maʼlum qildi.

 

Mamlakat migratsiya tizimini tubdan isloh qilish niyatida. Shu bois, investorlarga Avstraliyada uzoq muddatli vizalar va doimiy yashash huquqini beruvchi viza dasturi bekor qilindi, deydi vazir o‘z bayonotida.

 

Mamlakat endi malakali ishchi kuchini jalb qilish uchun katta immigratsiya islohotini amalga oshiradi. Avstraliyada oltin viza tizimi ko‘p marta tanqid qilingan. Bayonotda, shuningdek, oltin viza oluvchilar ingliz tilini bilish yoki yosh cheklovlarisiz Avstraliyada rezidentlik olish imkoniga ega bo‘lgani, lekin mamlakat iqtisodiyotiga jiddiy hissa qo‘shmagani qayd etilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика