Avstraliyaning Kvinslend shtatidagi sohilda sayr qilib yurgan ayol noodatiy mavjudot qoldiqlarini topdi. U topilmani “o‘zga sayyoralik suv parisi” deb atadi
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, qirg‘oqdan topilgan qoldiqlar ko‘p jihatdan odamnikiga o‘xshaydi. Shu bilan birga, jonzotning gumbazli bosh suyagi va yoyilgan qovurg'alari bir vaqtning o'zida Amerikaning "Predator" filmidagi suv parisi va o'zga sayyoraliklarga o'xshash.
“Maxluq xuddi suv parisi kabi edi. Uning dumi yoki qandaydir uzun oyoq-qo'llari borga o'xshaydi”, — dedi ayol.
Biroq, biologik xilma-xillik bo'yicha mutaxassislar qoldiqlar kam uchraydigan dengiz sutemizuvchisiga tegishli ekanligini taxmin qilishmoqda. Hozirgacha topilma haqida yakuniy hulosa e'lon qilingani yo'q.


